O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, chel el fuqarolari, fuqaroliksiz shaxslar davlat organlariga murojaat qilishlari mumkin. Murojaat huquqi davlat va jamiyat manfaatlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarining qonuniy huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.
Murojaat yozma, og‘zaki va elektron ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin. Shuningdek, murojaat ariza, taklif va shikoyat shaklida tayyorlanishi mumkin. Yuridik va jismoniy shaxslar yakka tartibda yoki guruh holida murojaat qila oladilar. Murojaat Davlat tili va yoki boshqa tillarda taqdim etilishiga ruxsat beriladi.
Siz bu yerda quyidagi ishlarni amalga oshirishingiz mumkin:
- elektron ko‘rinishda murojaat yo‘llashingiz (“Kontaktlar” bo‘limiga qarang);
- Jamoatchilik nazoratiga ko‘ra, mehnat haq-huquqlari va shart-sharoitlarining buzilishi holatlari bo‘yicha ma’lumot berishingiz (“Jamoatchilik nazorati” bo‘limiga qarang);
- Savol berishingiz (“Savol va javoblar” bo‘limiga qarang);
- Onlayn-maslahat olishingiz mumkin (vebsaytning bosh sahifasidagi «On-line maslahat» tugmasini bosing);
- 200-06-00 telefon raqami orqali Call-center(chaqiruv markazi)ga qo‘ng‘iroq qilib, savollaringizga javob olishingiz mumkin.